14 onlayn
UZ RU EN

#kitobxon_onalar_kuni

16.10.2026 16:20 11 marta ko'rildi

#kitobxon_onalar_kuni

Asaka tuman axborot-kutubxona markazi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kutubxona xodimlari tomonidan "Kitobxon onalar kuni" doirasida 1-bosqich “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida atoqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubov asarlari yuzasidan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirda texnikumninig yosh onalar va boʻlajak onalar ishtirok etdi.

Mazkur intellektual bellashuvdan ko‘zlangan maqsad — yosh onalarning  badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yozuvchi Odil Yoqubovning hayoti va ijodiga oid bilimlarini mustahkamlash hamda ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini yuksaltirishdan iborat.

O‘yin davomida yosh onalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, zukkolik, topqirlik va tezkor fikrlash borasida o‘zaro bellashdilar. 

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?