⏳INSHOLAR TANLOVI
Asaka tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan belgilangan chora-tadbirlar doirasida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirish, o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rnini keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov davomida talabalar ona tilimizning qadri, uning tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling