21-OKTYABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN!
📚TIL - MILLAT KOʻZGUSI
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan adabiy-musiqali kecha o‘tkazildi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Qadring baland boʻlsin ona tilim" mavzusidagi kitob koʻrgazmasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi beqiyos o‘rni, uning tarixiy ahamiyati hamda sofligini asrash va rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
O‘quvchi-yoshlarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan ehtiromini oshirish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir!
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling