Izboskan tumani hokimligi oila va xotin-qizlar bo'limi tasarrufidagi ''Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash'' markazida yosh juftliklar uchun maxsus o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
Darslarda oila mustahkamligi, ajralishning oldini olish, milliy qadriyatlarga hurmat, ota-onalik mas'uliyati va sog'lom muhit yaratish, kitob mutoalasi, kitobxonlik madaniyati, oila mustaxkamligida kitobning o'rni masalalariga e'tibor qaratildi. O'quv mashg'ulotni muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tadbirning asosiy maqsadi — «Oila — muqaddas», «Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat» kabi g'oyalarni yoshlar ongiga singdirishdir.





Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling